AQŞ prezidenti Donald Trampni mahbus jöja körinişidagi 10 metrlik puflama şakli 22 iyulda San-Frantsisko sohillari yaqinida kemada suzişga olib çiqildi. 

Ulkan şakl 00045 soni ostidagi mahbus kiyimida tasvirlangan bölib, 45 soni Trampning AQŞning 45-prezidenti ekaniga işoradir. Kiçik kemaga örnatilgan şakl sohil böylab olib yurilib, yana ortga qaytariladi.

Trump Chicken (Tramp jöja) kampaniyasi saytida ma'lum qilinişiça, bu şakl Trampga karşi “norozilik harakati ramzi” sifatida Xitoyda buyurtma asosida yaratilgan va ilk bor AQŞda 2017 yil 15 aprelda Trampga qarşi San-Frantsiskodagi marşda paydo bölgan. Şundan keyin bu şakldan bir qator boşqa norozilik aksiyalarida foydalanilgan. Norozilik kampaniyasining yangi bosqiçi “Prezident jöjani qamoqqa jönatamiz” şiori ostida ötmoqda.  

Kampaniya saytida Trump Chicken nomiga qaramay, “00045-sonli mahbus va AQŞ prezidenti örtasidagi har qanday öxşaşlik tasodif ekani”, Trampning uşbu şaklga har qanday qiyoslanişi esa “yolğon yangiliklardan eng yolğoni ekani” kinoyali tarzda ma'lum qilingan.