Walk Free Foundation inson huquqlari taşkiloti tomonidan tuzilgan Global qullik indeksida (The Global Slavery Index 2018) Özbekiston 69-örinni egalladi.
Tadqiqotga köra, Özbekistonda 160 ming kişi, yoki ming nafar aholiga 5,18 kişi majburiy mehnat bilan şuğullanadi.
Tadqiqotlar dunyoning 167 mamlakatida ötkazildi.
Şu bilan birga, Turkmaniston reytingda 17-örinni, Tojikiston - 75, Qozoğiston - 83 va Qirğiziston 85-poğonani egallab turibdi.
Global qullik indeksida birinçi örinni Şimoliy Koreya egallagan. Uşbu mamlakatda 2,6 million kişi majburiy mehnat bilan maşğul.
Eritreya, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Afğoniston, Mavritaniya, Şimoliy Sudan, Pokiston, Kamboja va Eron ham eng yomon önlikka kirgan.












