Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tuğilgan kuni bilan tabrikladi.

Bu haqda Belarus yetakçisi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Aleksandr Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, Özbekistonning öz yetakçisi rahbarligi ostida ijtimoiy-iqtisodiy sohada va xalqaro maydonda erişgan yutuqlari Belarusda yuksak baholanadi.

«Özaro tuşuniş va döstlikka asoslangan Belarus-Özbekiston şeriklik munosabatlarining oçiqligi, barça darajadagi muloqotning faol davom etayotgani va savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanayotgan dinamikasi mamlakatlarimiz samarali hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanligini körsatadi», - deyiladi tabrikda.

Şuningdek, prezidentning ma'lum qilişiça, mamlakatlar birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli, ikki tomonlama hamkorlikning muhim iqtisodiy, ilmiy va gumanitar salohiyatini amalga oşira oladi.