Aralaş yönaliş böyiça rossiyalik jangçi Fyodor Yemelyanenko Rossiyaga UFC va Bellator’ning kirib kelişi böyiça öz fikrini bildirdi.
Sportçining ta'kidlaşiça, u Mutlaq jangçilar çempionatida (UFC) iştirok etmasligi haqiqatga yaqin.
«UFC sönggi vaqtlarda Rossiyada hammaning tiliga tuşib qoldi, Bellator bilan ham xuddi şunday vaziyat. Köramiz nima bölarkin. Rossiyada öz promouşenlari ham bor, biroq köplab odamlar UFC hamda Bellator’ni kutmoqda. Şaxsan men UFC işqibozi emasman, şuning uçun, katta ehtimol bilan, u yerga bormayman», - dedi u Ariel Xelvani şousi efirida.
Qayd etilişiça, UFC’ning Rossiyadagi birinçi musobaqasi 15 sentabr kuni Moskvada bölib ötadi.












