Germaniyalik tadqiqotçilar guruhi Hyperloop Pod Competition musobaqasi doirasida AQŞning Xotorn şahri yaqinidagi quvurda örnatgan rekordini yangiladi. Bu gal Myunxen texnologik universiteti jamoasi WARR Hyperloop SpaceX kompaniyasi tomonidan taşkillaştirilgan tanlovda vakuum poyezd uçun kapsulani 284 mil/soat (457 km/soat) tezlikkaça tezlaştirib, boş sovrinni qölga kiritdi.
Tanlov iştirokçilari oldiga giperquvur orqali ötayotganda maksimal tezlikka erişa oladigan transport modulini loyihalaş vazifasi qöyilgandi. Sinov poligoni uzunligi 1,2 km bilan çegaralangan bölgan. Joriy yildagi yangi qonunlarga köra barça kapsulalar mustaqil ravişda start olib, töxtatişi kerak bölgan.
Ğolib WARR Hyperloop tomonidan loyihalangan kapsula yengil va yuqori puxta ugletoladan tayyorlangan, 50 kVtli elektr dvigatel va 5 soniyada harakatni töxtatuvçi pnevmatik tormoz tizimi bilan jihozlangan. Kapsula 70 kg keladi.
Hyperloop SpaceX va Tesla kompaniyalari asosçisi Ilon Maskning ğoyasi bölib, biroq uni hayotga tatbiq etiş bilan boşqa kompaniyalar şuğullanadi. U özidan quvurlar böylab harakatlanuvçi alyuminiy kapsulalardan iborat transport tizimini aks ettiradi.












