Internetda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi işlab çiqaradigan smartfonning old va orqa panellari suratlari paydo böldi.    

Foto: Gizchina.com

Smartfon Quadra degan şartli nom olgan. U haqdagi ma'lumotlar ötgan yil noyabrida paydo bölgandi. Suratlarga köra, smartfon hoşiyasiz, yuqori qismida dinamik va old kamera uçun joy bölgan displey oladi. Telefonning orqa tomonida Tesla logotipi, asosiy dinamik va qöş kamera uçun joylar böladi.

Foto: Gizchina.com

Yaqin orada smartfon körsatkiçlari, uning sotilişi boşlanişi va taxminiy narxi kabi batafsilroq ma'lumotlar berilişi kutilmoqda.