O‘zbekiston | 18:00 / 24.07.2018
9613
1 daqiqa o‘qiladi

Maxsus avtokarvon O‘zbekistondagi yo‘llar holatini o‘rganadi

6 avgustda Moskvadan “Xavfsiz yo‘llar” xalqaro avtokarvoni yo‘lga chiqadi. Avtomobillar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan o‘tadi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Avtokarvon O‘sh orqali O‘zbekistonning Andijon—Toshkent—Samarqand—Navoiy—Buxoro yo‘nalishlarida harakat qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur avtokarvonning so‘nggi manzili aynan Buxoro bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Qayd qilinishicha, haydovchilar jami 6 ming kilometrni bosib o‘tishadi. Birgina Rossiyaning o‘zida mashinalar (dam olish vaqti e'tiborga olinmaganda) 32 soat yurishlari kerak bo‘ladi.

Yo‘l davomida avtokarvondagi mutaxassislar maxsus ko‘chuvchi laboratoriyalarda xalqaro yo‘llarning sifatini tekshirib borishadi. Ular yo‘llarning ravonligi, bardoshliligi va boshqa texnik omillarni e'tiborga olishadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid