Toshkentda «Chilla Fest-2018» oilaviy festivali boshlanmoqda
Joriy yilning 29 iyul kunidan boshlab, Toshkent shahar hokimiyati keng ko‘lamdagi festivallar ketma-ketligini boshlaydi. Bu haqda shahar hokimligining Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«2018 yilning yoz pallasida O‘zbekiston shaharlari madaniyati tarixida yangicha sahifa ochiladi. Yorqin tadbirlar orasida birinchi bo‘lib, «Chilla Fest-2018» festivali o‘tkaziladi», - deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Toshkentning beshta eng yirik istirohat bog‘lari, ommaviy xalq sayillari markaziga aylanadi. «Chilla Fest-2018» festivali dasturi turli yoshdagi kishilar e'tiborini qamrab olishga mo‘ljallangan, oilaviy festival dasturidir.
Hokimlik xabariga ko‘ra, ushbu yorqin bayram, shahar aholisi uchun dam olish kunini do‘stlik va samimiyat muhitida o‘tkazish, oila rishtalarini mustahkamlash va o‘z shahrimizga bo‘lgan muhabbatimizni oshirishga yana bir imkoniyat yaratadi.
Ochiq osmon ostida o‘tkaziladigan ushbu tadbir, beshta yirik istirohat bog‘larida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, jumladan, «Lokomotiv» istirohat bog‘i, Central Park, Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i, «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘i, «Green Park» shular qatorida.
Mavzuga oid
19:20 / 01.01.2019
«Lokomotiv»ning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi Malayziya klubiga o‘tdi
19:14 / 30.07.2018
Chilla Fest - 2018’ning raqam va tafsilotlardagi aksi
19:10 / 25.07.2018
Chilla Fest - 2018 mehmonlarini attraksionlar, filmlar, kvestlar va sovrinlar kutmoqda
10:34 / 19.03.2018