2018 yil 29 iyulda Toşkent şahar hokimligi va Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi tomonidan taşkil etilgan birinçi şahar festivali – Chilla Fest–2018 ötkazildi.

Foto: Chilla Fest—2018

2018 yil 30 iyul, Toşkent ş. Chilla Fest—2018 bu yilgi yozning boş voqeasi böldi va Özbekistonda şahar festivallarini ötkaziş an'anasiga asos soldi. Bir vaqtning özida poytaxtning beşta boği (“Lokomotiv”, Central Park, Abdulla Qodiriy nomidagi park, “Anhor-Lokomotiv”, Green Park) an'anaviy attraksionlar bilan bir qatorda qöşimça ma'rifiy-köngiloçar tadbirlar taqdim etib, xalq sayllari markaziga aylandi.

Kun yorqin va ajoyib tadbirlarga boy böldi: boğlarga taşrif buyuruvçilar sevimli guruhlari qöşiqlariga raqs tuşdilar, quvnoq estafetalarda qatnaşdilar va esdalik mukofotlarini yutib oldilar. Barça yoşdagi mehmonlar öz köngillariga yoqadigan maşğulot topişga muyassar böldilar: festival dasturidan köplab bepul köngiloçar öyinlar – oilaviy timbildinglardan tortib, ijodiy mahorat darslarigaça joy oldi.

Foto: Chilla Fest—2018
Foto: Chilla Fest—2018
Foto: Chilla Fest—2018

Bir vaqtda festivalda qatnaşgan barça boğlarda Toşkent hokimi v.v.b. Jahongir Ortiqxöjayev bilan teleköprik ötkazildi.

— 2018 yil yoz mavsumi mamlakatimiz şaharlari madaniyati tarixida yangi sahifani oçmoqda. Bu kabi tadbirlar ijodiyot ahli: rassomlar, haykaltaroşlar, teatr jamoalarini birlaştirişga xizmat qiladi, ular birgalikda şahar ijodiy salohiyatini oşiradilar. Festivallar kiçik biznes rivojlanişiga turtki beradi, savdo rivojiga, sayyohlarni jalb etişga xizmat qiladi, şahar servis iqtisodiyoti rivojining muhim unsuri sanaladi. Bunday festivallarning eng muhim jihati – şahar özgaça köriniş oladi, yanada oqköngil, insonlar uçun oçiq böladi. Aynan şu sababli, sizlarning fikr va istaklaringizga asoslanib, bu kabi tadbirlarning butun boşli taqvimini tuzişni rejalaştiryapmiz, ular şaharning har bir tumanida böladi,–