Oliy Majlis Senatining ön beşinçi yalpi majlisida senatorlar töylar böyiça bir qarorga kelgandi. Qayd etilişiça, töy-haşam va boşqa oilaviy tadbirlarni ixçam ötkazişni yölga qöyişga muayyan me'yoriy hujjat bilan emas, odamlar örtasida keng kölamli tarğibot-taşviqot, şaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erişiş har jihatdan foydali ekani bildirilgan.
Uşbu qaror e'lon qilinganiga köp bölmasdan, töylarda pul soçib maşhur bölayotgan samarqandlik yigit ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Senatorlarning fikriça, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli ötkazişni keng jamoatçilik va har bir inson ongli ravişda anglab yetmoği lozim. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarga köra, töy va şu kabi oilaviy tadbirlarga sarflanayotgan pullar iqtisodiy drayv yaratib, ança-munça oilaning qora qozonini qaynatadi. Lekin, töyda pul soçiş-çi?
Oçiği, kimnidir "aybdor"ga çiqarib, tanbeh berişdan yiroqmiz. Ming qilsa ham erkin fuqarolik jamiyatini qurib, özbekça demokratiya modelini ilgari suryapmiz. Biz orzu qilgan jamiyatda fuqarolar nimani istasa, şuni bajaradi, faqat qoidani buzmasa bas. Qolaversa, şarqda birovning çöntagidagi pulni hisoblaş odobdan emas.

Şunga qaramay, maqsadsiz, dabdabaga berilgan kişilar bilan jamiyat közlagan uzoqdagi marraga yetib borişi ham qiyin. Isrofgarçilikka qarsak çalgan xalq in'om etilgan ne'matlarning qadriga yetmaydi. Serğayrat, tirişqoq, eng muhimi bilimli va halol yoşlar suv va havodek zarur bölgan jamiyatda illatlarga qarşi kuraşiş maqsadga muvofiq bölardi.














