Özbekiston Respublikasi, Prezident Şavkat Mirziyoyevning iqtisodiyotni tiklaş borasidagi sa'y-harakatlari doirasida, Islomiy moliya institutini taşkil etişni rejalaştirmoqda. Ötgan qisqa muddat mobaynida hukumat xalqaro pul almaşinuvi tartiblarini liberalizatsiya qildi, şuningdek qozoq banklari uçun subsidiya olişda bir qança yengilliklar yaratildi, deb yozadi Reuters kolumnisti Bernardo Vizkaino. 
Yangi taşkil etilayotgan institut amaldagi qonunçilikda belgilangan normalardan çetga çiqişi rasman aytildi.

“Uşbu harakat islomiy mahsulot va xizmatlarni keng taniştiriş imkoniyatini yaratib beradi. Şuning bilan, mamlakatda Islomiy moliya sanoatini tizimli ravişda taşkil etilişi kutilmoqda. Özbekistonning yondaşuvi muvaffaqiyatli bölişi mumkin, çunki hukumat barça davlat organlari, xususan, Moliya vaziligi va Davlat soliq qömitasida ham uşbu harakatlarni muvofiqlaştiriş maqsadida işçi guruhlar faoliyatini yölga qöymoqçi. Ta'kidlaş joizki, bular MDH davlatlari e'tiboridan çetda qolyapti. Islohotlar taşqi bozorni yurituvçi organlar tomonidan çuqur örganib çiqiladi”, deya öz fikr bildirgan Qozoğiston investitsiya va taraqqiyot vazirligi maslahatçisi Yerlan Baydavlet.

Institut faoliyatini yölga qöyişdan közlangan maqsad Yaqin Şarq va Janubi-ğarbiy Osiyodan Markaziy Osiyoga köz tikkan investorlarni kengroq jalb etişdir. Şuningdek, özgarişlar mamlakatda moliyaviy savodxonlikni oşirişga xizmat qiladi. Ba'zi Islomiy moliya mahsulotlari mahalliy kreditorlar tomonidan taklif etilgan, ammo taklif etilayotgan loyihalar ularni yanada arzonlaştirişi mumkin.

Ma'lumot uçun, iyul oyida mahalliy banklar – Trastbank va InFinBank xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi bilan bitim imzolaşgan.​