«Roma» sport direktori Ramon Rodriges Monçi «Bordo»dan Malkomning transferi qanday barbod bölgani haqida gapirib berdi. Bir neça kun oldin rimliklar «Bordo» futbolçisini 36 million yevro evaziga transfer qilayotganini e'lon qilgandi. Ammo 24 iyul kuni uşbu braziliyalik futbolçi «Barselona»ga 41 million yevro evaziga ötişi ma'lum böldi. Kataloniyaliklar «Çelsi» Villian uçun juda yuqori narx söragani (70 million yevro) uçun Malkom variantiga yuzlangandi. Futbolçi bilan 5 yillik şartnoma imzolanadi, uning badal puli miqdori 400 million yevro etib belgilab qöyiladi.

Foto: «Barselona»

«Roma» rahbariyati vakilining sözlariga köra, klub kelişuvga amal qilinmagani uçun «Bordo» bilan sudlaşiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Foto: Monçi va Totti / Squawka 

«Bizni Malkom nomzodi töla qanoatlantirardi, bizning klub u tarkibni kuçaytira olişiga işonç bildirgandi. Biz «Bordo» rahbariyati vakillari hamda futbolçining agenti bilan bir hafta muqaddam muzokaralarni boşlagandik. Ötgan kuni keçqurun biz barça masalalar böyiça kelişuvga erişgandik. 

Biz klub futbolçiga tibbiy körikdan ötiş uçun Rimga kelişga ruxsat berişiga ham kelişgandik. Öşanda biz barçasi nazorat ostida ekanini his qilib, butunlay xotirjam edik.

Köp ötmay «Bordo» prezidenti menga qönğiroq qildi va futbolçi atrofida köp miş-mişlar yurgani, şuning uçun rasmiy e'lon beriş ma'qulligi haqida aytdi. Men esa bu mavjud tartiblarga töğri kelmasligini aytib javob qaytardim, ammo u gapida turib oldi. Yakunda ular bayonot berdi, keyin biz ham.

Bu e'lon berilganidan bir soat vaqt ötib «Barselona» ham futbolçiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ha, men Malkomga boşqa bir neça klub, jumladan «Barselona» ham da'vogar ekanidan bir neça kun oldin xabardor edim. Şu tufayli men transferni imkon qadar tezroq rasmiylaştirişni istayotgandim. Men futbolçining agentlaridan biri menga qönğiroq qilib, «Bordo» tibbiy körik uçun ruxsatnomasini qaytarib olganini aytganida juda qattiq hayron böldim. Men Fransiya bilan boğlandim — menga aytişdiki, «Barselona» biznikidan yaxşiroq taklif jönatgan ekan.

«Bordo» rahbariyati futbolçidan quruq qolmaslik uçun taklifni yaxşilaş zarurligini aytişdi. Men allaqaçon kelişuv tuzilganini aytib, unga e'tiroz bildirdim, ammo heç qanday qoğozga qöl qöyilmaganini rökaç qildi. Men uning sözlarini prezidentimizga yetkazdim, u esa «Barselona»dan köproq taklif qilişimiz kerakligini aytdi. Men bunga qarşi böldim, ammo u öz gapini ötkazdi.