Işoqxon Junaydullaxöja öğli Ibrat har sohada zamonasining ilğor ma'rifatparvari bölgani uning ezgu amallarida öz ifodasini topgan. Jumladan, yaqinlari mangu qönim topgan Namangan tumanidagi “Xilvat” qabristonidagi çillaxona maqbarasiga ajdodlari xotirasini abadiylaştiriş maqsadida u öziga xos qabrtoş örnatgan, deb yozadi “Xalq sözi” naşri.

Qayd etilişiça, qabrtoşga arabça yozuvda şunday sözlar bitilgan:
“Bu qabr yaxşi xislatlar va odatlar hamda karomatlar egasi, yetuk va komil şayx Ne'matulloh Xoja Eşon Turkistoniynikidir. U kişi hijriy 1251 (milodiy 1835) yilda vafot etdilar. U kişidan söng Sunnatulloh Xoja Eşon hijriy 1267 (milodiy 1851) yilda qazo qildilar.Bular Hazrat Sulton Xoja Ahmad Yassaviy avlodlaridandirlar, ularga Allohning rahmati bölsin. Bulardan boşqa yana Ne'matulloh Xoja avlodlaridan bölgan Sunnatulloh Xojaning öğillari Atoulloh Xoja Eşon bordir. Ul kişi hijriy 1323 (milodiy 1905) yilda vafot etdilar”.

Maqbara yonidagi temir panjara bilan öralgan qabrlarga Ibratning ota tomondan katta bobosi Ne'matulloh Xoja, bobosi Sunnatulloh Xoja va ukasi Atoulloh Xoja (1865-1905) dafn etilgan. Bu yerda yana bir qabr bölib, uni Işoqxon Ibratning ramziy qabri ekanligi haqida farazlar bor. Ahmad Yassaviyning ukasi Sadr Xoja avlodlaridan bölgan Ne'matulloh Xoja Turkistondan Namangan zaminiga XVIII asrning ikkinçi yarmidan kelib, yaşab qolgan.
— Oğirligi 270 kilogramm, böyi 140 santimetr, pastki eni 70, örta qismi 45, yuqorisi 50 santimetr bölgan bu ulkan toşni 1905-1935 yillar oraliğida Ibrat Olabuqadan (Qirğiziston) olib kelgan, — deydi mustaqil tadqiqotçi Rasulbek Ummatov. — Hozirgi kunda undagi yozuvlarning bir qismi köçib, ta'mirtalab holga kelib qolgan.
Ibrat ajlodlariga tegişli xilxona Ibratning tönğiç öğli Abbosxon töraning nabirasi Xayrullo Abbosov nazoratida muqaddas qadamjoga aylanib bormoqda.











