23 iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yaşaganlar 12-sonli örta maktabning 6-sinf öquvçisi R.X. va ukasi şu maktabning 3-sinf öquvçisi I.X.lar şu MFY hududidan oqib ötuvçi “Sarkisov” kanalida çömilayotib, ehtiyotsizliklari oqibatida çökib ketganlar.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, olib borilgan qidiruv işlari natijasida R.X.ning jasadi Zafarobod tumani “Birlik” MFY hududidan oqib ötuvçi “YuR-24” kanalidan topilgan.
«Hurmatli fuqarolar, farzandingiz va yaqinlaringizni çömiliş tavsiya qilinmagan joylarga yubormang. Agarda maxsus çömiliş havzalariga bormoqçi bölsa, ularni nazoratsiz qoldirmang! Huşyor böling!» - deyiladi IIV xabarida.












