Yevropa Ittifoqida uçuvçilarni parvozoldi tibbiy körikdan ötkaziş qoidalari qat'iylaştirildi. Unga köra YeI davlatlari uçuvçilari uçun ham, xorijiy uçuvçilar uçun ham ruhiy holat va spirtli içimliklar iste'mol qilganlikka majburiy tekşiruvlar ötkaziş joriy qilindi.

“Yevropa Ittifoqi uçuvçilar va bortkuzatuvçilar uçun ruhiy yaroqlilik qoidalarini kuçaytirib, yangi xavfsizlik qoidalarini qabul qildi. Yangi qoidalar 2015 yilda 9525 Germanwings reysining halokatidan keyin çiqarilgan saboqlarga asoslangan”, deyilgan xabarda.

Yangi qoidalar barça uçuvçilarga ruhiy muammolar mavjudligi vaziyatida kömak dasturidan foydalanişni taqdim qilişni közda tutadi.

Bundan taşqari, işga qabul qilişda uçuvçilik tarkibida ruhiy faol moddalarga muntazam tekşiruv va reabilitatsiya hamda işga qaytgandan keyin ogohlantirişsiz tekşiriş, Yevropa va xorijiy aviakompaniyalar uçun uçuvçilar va bortkuzatuvçilarni spirtli içimliklar iste'mol qilganlikka tanlanma tekşiriş joriy qilinmoqda.  

2015 yil mart oyi oxirida Airbus A320 samolyotining ikkinçi uçuvçisi Andreas Lubitts uçuvçilar kabinasida ekipaj sardori yöqligidan foydalanib, eşikni içkaridan yopib olib, samolyotni Fransiyadagi toğga olib borib urgan. Samolyotda bölgan barça 150 kişi halok bölgan. Keyinçalik aniqlanişiça, Lubittsda ruhiy muammolar mavjud bölgan.