Şu yilning 18 avgustidan 2 sentabrga qadar Indoneziyada yozgi Osiyo öyinlari bölib ötadi.
Futbol böyiça musobaqada Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi ham qatnaşadi.
Şu yilning 5 iyul kuni musobaqaga qur'a taşlangandi. Unga köra Özbekiston terma jamoasi Tailand, Bangladeş va Qatar terma jamoalari bilan birgalikda B guruhdan örin olgandi.
Musobaqaga BAA va Falastin terma jamoalari qöşilişi munosabati bilan qur'a natijalari özgardi, deb xabar beradi PFL sayti. Ammo bu özgariş Özbekiston terma jamoasi guruhiga ta'sir qilmadi.
BAA terma jamoasi Janubiy Koreya, Qirğiziston, Malayziya va Bahrayn terma jamoalari joylaşgan Ye guruhidan örin oldi. Falastin esa Indoneziya, Gonkong, Laos va Xitoy Taypeyi bilan birgalikda A guruhiga joylaşdi.













