Xitoydagi Inçuan şahar okrugida dunyodagi eng katta 3D-bosmaxona oçildi, deb yozadi China Daily. 12 ta ulkan printer joylaşgan bu bosmaxonada yiliga ön ming tonna mahsulot bosib çiqariladi, bu xuddi şu ölçamdagi metallurgiya fabrikasiga nisbatan beş baravar köp mahsulot degani.

Foto: chinadaily.com


Bosmaxona egasi bölgan Kocel Group Limited kompaniyasi butun iş jarayonini avtomatlaştirişga harakat qilmoqda. Zavodda bir smenada atigi sakkiz kişi işlaydi, ular çop etiş işini kuzatib turişadi.
 
Naşrning yozişiça, avtomobil silindrini işlab çiqarişni boşlaş uçun an'anaviy zavodga metall quyiş şakllari kerak böladi. Bunday ehtiyot qismni işlab çiqaruvçi mutaxassis tayyorlaşga kamida olti oy ketadi. 3D-printer bunday detalni bir neça soat içida işlab çiqaradi.

Foto: chinadaily.com


Yaqinda Amerikaning Walden Monterey startapi 3D-printerda çop etilgan 22ta uydan iborat qişloq loyihasini namoyiş etdi. Galini Sleeping Pod uylari loyihasi Kremniy vodiysidagi startapçilarga möljallangan. Mobil uylar quyoş batareyalari, şamol turbinalari va Tesla akkumulyatorlaridan energiya oladi.

Yaşil elektr energiyasidan foydalanişdan taşqari bu uylar faqat qayta işlangan xomaşyo  - plastik va yoğoçdan tayyorlanadi. Şuningdek, Galini Sleeping Pod loyihasi faqat aqlli uylar qurişni nazarda tutadi. Bu uylarda haroratni texnika özi nazorat qiladi, energiya foydalanilmagan vaqtda öçirib qöyadi.