24 iyul kuni Namangan şahrining Navbahor markaziy öyingohida qöl jangi sport turi böyiça xalqaro turnir ötkazildi. Musobaqada jahon çempionlari, şuningdek, öz qit'asi va davlatida tengsiz deb topilgan sportçilar kuç sinaşdi.
Turnirga Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov nutqidan söng start berildi. Xalqaro qöl jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov hamda maşhur promouter Vladimir Xryunov rasmiy mehmon sifatida taşrif buyurdi.


Jamoaviy tarzda ötkazilgan musobaqada özbekistonlik jangçilar Rossiya, Belarus, Qozoğiston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportçilarga qarşi ringga kötarilişdi. Beş vazn toifasida bölib ötgan janglarning barçasida özbekistonlik sportçilarning qöli baland keldi.
Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari qöl jangi federatsiyasi tomonidan taşkil etilgan turnir televideniye orqali jonli tarzda efirga uzatib borildi. Janglar oldidan taniqli san'atkorlar tomonidan badiiy dastur namoyiş etildi.



Mazkur musobaqaning töliq tafsilotlari keyinroq kun.uz saytida yoritiladi.
















