Hissiy jihatdan “yoniş” – butun dunyodagi iste'dodli xodimlarning kompaniyalardan ketib qoliş sabablaridan biridir. Menejyerlar, vraçlar, pedagoglar, dasturçilar, huquqşunoslar, moliyaçilar – introvertlarning köpçiligi kundalik iş kuniga nisbatan öz qiziqişini yöqotmoqda. Ayonki, içki moyillikdan taşqari odamlardagi bu holatni yana çuqurlaştiruvçi taşqi omillar ham mavjud. Parallels vitse-prezidenti va asosçilaridan biri Nikolay Dobrovolskiy rahbarlarning “işdagi yonğinlar”ga sabab böladigan odatiy xatolari haqida hikoya qiladi.

1-xato. Sukut

Muammolarning katta qismi “içidagini töliq aytmaslik” sabab yuzaga kelişi köpçilikka ayon. Minglab mojarolar qisqa suhbat bilan hal etilişi mumkin edi. Biroq buning örniga  - sukutga aylangan jimlik. Aynan şu sabab xavotir, noaniqlik, miş-mişlar yuzaga keladi. Odatiy “Işlaring qalay” savolida heç qanday murakkab jihat mavjud emasdek tuyuladi. “Yaxşi!” yoki “A'lo darajada!” degan javobni bilgaç, olğa harakatlaniş murakkabroq.

Köplab yirik iş beruvçilar xodimlar bilan şaxsan muloqot qiliş imkoniyatini yöqotib, biznes-jarayonlarni ğaroyib tarzda yölga qöyadi. Buni tuşuniş mumkin. Agar sen ikki-uç kişidan iborat startap bölsang, sizlar bir havodan nafas olasiz. Kutilmaganda ösib, ulkan korporatsiyaga aylangaç, sizda dunyo böylab yuzlab va minglab xodimlar bölganida har bir hamkasb bilan körişiş imkonsiz böladi. Uning hissiy holatini baholaşni esa aytmasa ham böladi. Biroq hatto ana şunday ulkan konstruksiyada  “dildan suhbat”ning ham örni bor. Istak bölsa, resurs va instrumentlar topiladi.

Yeçim. Xodimlardan turli masalalar böyiça fikrlarini söraşdan uyalmang. Bugun xodimlar örtasida sörovnoma ötkaziş uçun onlayn-servislar talaygina. Şuningdek, hamkasblar bilan norasmiy suhbatlar ötkazişni qoidaga aylantiring. Bu dunyoqaraşingizni kengaytiradi.

Masalan, men bir özim ovqatlanmaslikni qoidaga aylantirdim. Kompaniyaning bölinmalaridagi oddiy xodimlar bilan norasmiy uçraşuvlarni rejalaştirişga harakat qilaman. Dastlab odamlar tuşlikka taklifimni ehtiyotkorlik bilan qabul qilişardi. Biroq bir neça uçraşuvlardan söng, bu “gilamga çorlov” emasligiga işonç hosil qilgaç, unga nisbatan xotirjamlik bilan munosabat bildira boşladilar.

2-xato. Befarqlik

«Vatan menga nima qilib berdi emas, sen unga nima qilib berdim, deya savol ber!» Jon Kennedining bu maşhur fikri uşbu bandni töliq tasvirlaşi mumkin. Bu katta mexanizmlardagi kiçik vintlar haqidagi hikoya. Xodimlar işdan ketişining eng köp uçraydigan sababi nima ekanini bilasizmi? «Rahbarim menga heç qaçon «rahmat» demagan».