IIBB xabarida qayd etilishicha, «MAN» rusumli avtobus Bobur ko‘chasidan ketayotib 1-sonli FXDYo oldidagi daraxtga borib urilgan. Oqibatda daraxt sinib «Kobalt» avtomobilining ustiga ag‘darilgan. Baxtli tasodif tufayli bu vaqtda uning salonida hech kim bo‘lmagan. Avtobus haydovchisining so‘zlariga ko‘ra esa, YTH vaqtida avtobus salonida 25-30 yo‘lovchi bo‘lgan. Qurbonlar yo‘q.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 11 kishi yengil jarohatlar bilan kasalxonalarga murojaat qilgan. YTH sabablari o‘rganilmoqda.










