Uzoq vaqtdan beri Özbekistonning anklav va eksklav, ya'ni hududini yuz foiz boşqa mamlakat yeri örab turuvçi Farğona viloyati, Söx tumaniga borib, öquvçilar uçun aholining turmuşi, bugungi kuni va muammolari haqida maqola tayyorlaşni rejalaştirgan edik. Niyatimiz yozning issiq kunlarida amalga oşdi.
Keling, avval siz bilan “anklav” atamasiga oydinlik kiritib olsak... Anklav (frants. enclave, lot. inclavare — qulflab oliş) – bir davlatning hamma tomondan boşqa davlat hududi bilan örab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Farğona viloyatiga qaraşli Söx, Çönğara, Şohimardon, Qalaça hududlari Özbekiston eksklavlari bölib, Qirğiziston Respublikasi uçun anklav hisoblanadi.
Söxdan KUN.UZ tahririyatiga kelgan murojaatlarda tumanga ommaviy axborot vositalari vakillarining kam qadam bosişi haqida yozişgan. Biz bölsa, özbekistonliklarning öz yurti tumaniga borişi uçun juda murakkab çiğiriqli yöl bosişini tasavvur ham qilmagan edik.
Sayohatimiz rostdan ham taassurotlarga boy va qiziq keçdi.
Çegara maşmaşasi va undan ötiş uçun “bilet” olganimiz haqida..
Farğona şahrining qoq markazida, töğri Söxga qatnaydigan taksilar turadigan joy bor ekan. Hamma joyda bölgani singari uni ham mahalliy tilda “pitak” deb ataşadi. Ertalab soat törtda öşa yönalişda qatnovçi taksiçiga telefon qilamiz. U : “Odam olmay kutib turaman. Söxga boriş, bir kişiga 25 ming söm”,-deydi. Yuz kilometr yölga 25 ming söm, qimmat emas... Tasvirga oliş uskunalarimiz borligi uçun bitta yölovçi kamroq olişini aytib, kelişdik.
Duoni quyuq qilib, Farğonadan Vodil qişloği tomon yölga çiqqanimizda soat tört bölgandi. Vodilgaça bölgan masofa 20-25 kilometrni taşkil qilar ekan. Viloyat markazidan Söxgaça bölgan masofa esa 110 kilometr.
Vodiy xalqi erta uyğonadi. Sahar bölişiga qaramay, tongda köçalar gavjum. Vodildagi çegara postida esa tumonat odam ekan. Tongda ötuvçilar oqimi deyarli faqat bir tomonga, ya'ni Qirğiziston tarafga edi. Mazkur post orqali Söx va Farğona tumanlarining Şohimardon va Yordon qişloqlariga ham ötiladi.
Mavzuga oid
Çegara postiga borgaç, maşinamiz turnaqator navbatga qöşildi. Biz ham uzundan-uzun navbat kutib turgan odamlar qatoridan joy oldik. Navbatda turganlarning katta qismi Şohimardonga hordik çiqariş uçun ketayotganlar ekan.
Eşitganimiz bor, Söxga yetib boriş uçun eng dahmaza jarayon aynan çegaradan ötiş. Undan ötiş uçun uç-tört soat, ba'zida esa beş soatgaça vaqt ketadi.
Özbekiston çegarasidan ötişda bizga jurnalist ekanligimiz asqotdi. Bojxona xodimlari va navbatda turgan kişilar ham hayrixohlik bilan navbatni oldiga ötkazişdi. Biz ötirgan taksiga ham navbatsiz ötiş imkonini berişdi. Şuning uçun çegara va bojxona xodimlarimizga rahmat aytdik.
Öz sarhadimizdan çiqqaç, qöşni davlat çegara xodimlarining röyxuş bermay qiladigan muomalasi ostida bir yarim soatça panjarali ötiş joyida turardik. Panjara har zamonda oçilib 10-15 nafar kişi qöyiladi. 200 çoğli navbatda turgan paytimiz qarindoşlarnikiga azaga ketayotgan kişilarni oldinga ötkazib yuborişganini guvohi böldik. Odamlar bilan suhbatlaşib, ança-munça ma'lumotlar töplandi.
Va nihoyat navbat bizga kelib, pasportimizni qölga olgança, qöşni davlat çegaraçilariga röbaro‘ böldik.
Çegarada uç nafar alohida yengil konstruksiyali binoçalar va ularda pasportingizni kompyuterga solib tekşiruvçi xodim ötirar ekan. Tasvirçimizdan söng navbat kelib, xodimga pasportni uzatdim. U bir daqiqa tekşirgaç, asta: “Bilet ber-çi?” deydi. Orqamdagi kişi turtib: “Beş ming bering, qöliga..” deya piçirladi. Pulni kissadan olib uning qöliga uzatgaç, pasportimga “gup” etib muhr bosildi. Va men çiqiş yölagi tomon yurdim.
Çegara hududida suratga oliş mumkin emas. Bu amal qat'iy taqiqlangani haqida plakatlar turibdi. Qöşni davlat çegarasidagi eng köp bildirgilar çegarada korrupsiyaga yöl yöq ekanligi haqida(?).
Tasvirçimiz ham “bilet” deya atalmuş “ölpon” tölabdi. Şanba va yakşanba kunlari bu postdan 3 mingdan ziyod aholi ötadi. Taksiçilarning ham har kuni alohida “bilet” olişi bor.“Aytdim, qöydimda-a..” Muomalalari ham öta qöpol bölganiga uzoq töxtalib ötmadim. Bu yerdan har kuni ötadiganlarga tözim bersin...
Ikki yarim soat deganida çegara tösiğidan ötib, panjarali yölakçadan Botken viloyatining Qadamjoy rayoniga çiqdik.
Toğlar, daralar.. Maşinadan tuşişga ruxsat esa yöq
Vohada yöl yurganingizda har ikki tomoningizda tekislik qança köp bölsa, Botkendan ötadigan Söx yölida toğ bundan köproq ekan.
Özingizni paşşadan ham kiçik ekanligingizni his etişga majbur qiladigan judayam katta toğlar. Töğrisi, juda çiroyli manzaralar. Havo harorati yoz kunida tandirga öxşab qizib turgan Namangan va Farğonadan 10 daraja past. Odamlar bejiz, toza havo va salqin joy izlab Şohimardon tomon oşiqişmas ekan!
Taksi haydovçisi dilkaş kişi. Manzilga yetib borgunça uni savollarga kömib ketdik. Yölning tranzit ekanligi yomon. Biror joyda töxtaş va suratga oliş mumkin emas. Nega unday, bilmadik? Yöllar bizdagidek keng emas. Sifati örtaça va yomon.
Eng murakkabi Söxga boruvçilar Aydarkonga yaqin joyda, mahalliy yozilmagan qonunlarga asosan yarim soat - 10 kilometr öta notekis, xuddi tikondek toşlar “ösib” çiqqan rasvo yölni bosib ötişi şart ekan. Haydovçining aytişiça, aholi yaşaydigan tekis yöldan yuriş muammolar tuğdiradi. Aslida, söxliklar yurişi ma'n qilingan öşa yöl beş daqiqada bosib ötiladi. Öşa yölni suratga oldim.
Qadamjoy tabiati juda gözal tuman. Aydarkon şahri, turli ovullarni tomoşa qilib ketyapmiz. Yölda maşinadan tuşmadik va aholi bilan suhbatlaşiş imkoni yöq. 70 kilometr toğ, dovon, daralar orasidan ötib, Söxga ötiş joyidagi yana ikki davlat çegara postlariga yetib keldik.
Bu ikki çegara posti gavjum emas va çegaraçilar juda xuşmuomalalik bilan muloqot qilişdi. Deyarli 20 daqiqada yana bir juft çegara postini bosib ötib, Söxga kirib bordik.
Söxdamiz
Toğlar orasida, hududini yuz foiz boşqa davlat sarhadlari örab turgan Söx tumanini tabiatini ta'riflaş uçun kişi şoir bölişi kerak.
Baland mahobatli toğlar, tip-tiniq zilol suvlar, yam-yaşil boğlar, dilkaş va mehnatsevar insonlar yaşaydigan zamin.
Taksi haydovçisi: “Agar, tumanimizning bugungi kuni, insonlari va muammolarini yozaman deb kelgan bölsangiz, keçgaça pul olmasdan birga yuraman” deydi. U kişi Söxning eng katta muammosini uç-tört bor takrorlab keldi. Bu haqda alohida gaplaşamiz...
Tuman aholisi soni 80 ming nafarni taşkil etadi. Hududda 27 ta mahalla fuqarolar yiğini, 29 ta maktab, yigirmadan ortiq boğça, uçta kollej, Markaziy şifoxona va köplab FAPlar işlab turibdi. Söx markazidan eng uzoq qişloq Ğaznobgaça 40 kilometr.
Söx kartoşkasining esa vodiyda donği ketgan. Tumanda 1900 gektar ekin yer maydoni bölib, paxta ekilmas ekan. Fermer xöjaliklarida ğalla, kartoşka va boşqa sabzovotlar yetiştiriladi.
Tuman markazi gavjum, ma'muriy binolar zamonaviy arxitektura uslubida qurilgan. Bozori ham fayzli.
Biz töğri xalq qabulxonasiga kirib bordik. U yerda bizni qabulxona rahbari Ma'mirjon Botirov va Mahalla Kengaşining keksalar va faxriylar masalalari böyiça örinbosari Kamoliddin Azizovlar kutib olişdi.
Şu yerda Söx safari haqidagi maqolamizning birinçi qismiga yakun yasaymiz. Ajdodlarimiz dostonçi ötgani rost bölsa kerak.. Juda çözilib, ketdi. Videolavhalarni ham keyingi safarga qoldirdik.
Navbatdagi materialda anklav haqidagi yanada qiziqroq ma'lumotlar va Söxning eng asosiy muammosiga töxtalamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi