Fransiya terma jamoasi himoyaçisi Benjamen Pavar JÇ-2018 turnirining eng çiroyli goli muallifi deb topildi.
Jahon çempionatining 1/8 finalida Argentinaga qarşi keçgan va 4:3 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyinda uşbu 22 yoşli futbolçi jarima maydoni taşqarisidan turib töpni töxtatmasdan Armani qöriqlayotgan darvozaga aniq yöllab, hisobni tenglaştirgan, terma jamoasining 1/4 finalga yöl olişiga munosib hissa qöşgandi.
Turnirning eng yaxşi gollarini aniqlaşda 18 gol nomzod böldi.
Ikkinçi örinni kolumbiyalik Xuan Kintero egalladi. U guruh bosqiçida Yaponiya darvozasiga jarima zarbasidan gol urgandi, uçinçi örinni guruh bosqiçida Argentina terma jamoasi darvozasini jarima zarbasi orqali işğol etgan Xorvatiya termasi sardori Luka Modriç egalladi.
Pavar — turnirning eng çiroyli goli muallifi bölgan ilk yevropalik futbolçidir. Bunday mukofot ilk bor 2006 yilgi mundialda ta'sis etilgan.
2014 yilgi Braziliya mundialida bu sovrinni Xames Rodriges olgandi, undan avvalroq argentinalik Maksi Rodriges (2006) va urugvaylik Diyego Forlan (2010) şunday sovringa munosib topilgandi.















