2017 yilning 30 oktabrida Benjamen Pavar nemic tilidan olayotgan repetitorlik darslaridan keyin tuşlik qilgani oşiqdi. Qaytib kelsa – uydan qilingan önlab qönğiroqlar javobsiz qolgan. “Ştutgart”ning 21 yaşar jingalaksoç himoyaçisining hayotida öşa kuni tub buriliş sodir bölgandi.
Unga ota-onasi Dide Deşam terma jamoaning Uels va Germaniyaga qarşi keçadigan navbatdagi örtoqlik öyinlariga çaqirayotganini aytmoqçi bölgandilar. Terma jamoaning asosiy öng qanot himoyaçisi, “Monako” a'zosi Jibril Sidibe jarohat olgaç, Deşam bundesligadan kelgan yoş himoyaçiga imkoniyat taqdim etdi.
“Benjamenda xalqaro tajriba yöq, ammo men yoş futbolçilarni yaxşi köraman, unda iqtidor yetarli” – deb öz qaroriga izoh berdi Dide.
Pavar yiğlab yubordi. Fransiya yoşlar terma jamoasi safida 15 öyinda maydonga tuşib ulgurgan futbolçi eng katta turnir oldidan kattalarning asosiy tarkibiga kirişdan umid qila olmasdi-da.
“Bu haqiqiy baxt edi, – deb keyinçalik eslaydi Pavar. - Men ota-onam yonida xöngrab yiğlagandim. Bolaligimdan qilgan hamma qurbonliklar özini oqlagandi, bekor ketmagandi”.
Foto: AFP/LaPresse
Klubda asosan himoya markazida harakat qiladigan Pavar terma jamoada öng qanot himoyaçisi sifatida şakllandi, şu pozitsiyada hamma örtoqlik öyinlarida maydonga tuşdi va Rossiyaga asosiy tarkib öyinçisi sifatida taşrif buyurdi. U yerda esa, hammamiz kördik, uning deyarli yarim yil oldin boşlangan parvozi davom etdi.
30 iyun kuni Fransiya terma jamoasini turnirni tark etişdan atigi yarim soat ajratib turardi. Argentinaga qarşi öyinda Merkadoga tekkan töp Loris darvozasidan joy oldi va raqib hisobda oldinga çiqib oldi: 1:2.
Keyin esa, heç kim kutmagan voqea röy berdi. Fransiya terma jamoa tarkibida oddiy muxlislar uçun eng notaniş va guruh öyinlarida göyo sezilmagan Benjamen Pavar Lukas Ernandesning uzatmasidan söng qaytayotgan töpga yugurib bordi va darvozaga kuçli zarba berdi. Gol. (Bu gol turnirning eng çiroyli goli deb ham e'tirof etildi, darvoqe).
Foto: Getty Images
Mavzuga oid
Zarbaning ijrosi va töpning darvoza töriga tekkan oraliq soniyalarda muxlislar oyoqqa qalqdi, har ikki jamoa futbolçilari muzlab qolişdi.
Şundan söng, Kilian Mbappe öz işini qildi, ammo öşa oqşom hujumçining dubli emas, köproq Pavar haqida gapira boşlaşdi. Agar Fransiyaning eng notaniş qanot himoyaçisi şunday gol ura olsa, çempionlik haqida orzu qilişdan yana nima töxtatişi mumkin?
Rossiyadagi öyinlar oldidan terma jamoasi safida atigi 5 öyinda maydonga tuşgandi. U golni Mbappe yoki Grizmann kabi nişonlaşni bilmadi ham, keyin özi aytib berişiça, gol urganidan keyin nima qilişni ham bilmay qolgan ekan. Yoki Pogba kabi ertasiga önlab raqs sahnalarini videoga olib internetda tarqatmadi. Şunday bölsa ham, öşa öyindan keyin hamma Pavar haqida gapira boşladi.
Faqat beçora “Ştutgart” muxlislariga qiyin böldi – endi ularning yoş yulduzlarini “Bavariya” öziga oğdirib oladi. Fransiya televideniyasi esa onasining Benjamenga qarata közda yoş bilan qilgan videomurojaatini qöyib berdi. Jurnalistlar Pavarning Yevro-2016 da döstlari bilan terma jamoaga muxlislik qilayotgan fotolarni qidirib topişdi. U paytlarda uning pozitsiyasida tajribali Bakari Sanya öynardi. Telejurnalistlar Pavar ulğaygan “Jyumon” klubining bazasigaça yetib borişdi. Kimdir himoyaçi turli yoşdagi terma jamoalardagi 28 öyinda biror marta ham mağlubiyatga uçramaganini qidirib topdi. Murabbiy esa, şogirdiga bir paytlar Lilian Tyuram ham şunga öxşaş gol urganini va afsonaga aylanganini eslatib, örnak olişga çaqirdi.
Foto: AFP
“Men nima bölayotganini töliq faxmlayapman, deya olmayman. Men maydondagi har bir daqiqadan zavq olyapman. Men jahon çempionatida bunday gol urganimni umrimning oxirigaça yodimda saqlayman” – dedi qahramonning özi. Keyinçalik, maşğulot paytida xuddi şunday zarbani amalga oşiraman deb, osmondagi quşni urib tuşirganini aytib, hazillaşib ham qöydi.
2016 yilda “Lill” boş murabiyi Frederik Antonetti Pavarga işonç bildirmagan, uning örniga tajribaliroq futbolçini öynatmoqçi ekanini yaşirmagan va Benjamen sönggi ön yilini bergan Lillni tark etişga majbur bölgandi. Fransiyada heç kim tanimaydigan yoş himoyaçiga kim ham qiziqardi, natijada u tavakkal qilişga majbur böldi. Endigina bundesligani tark etgan “Ştutgart” çaqiriğiga rozi böldi.
Foto: Getty Images
Öşanda ba'zi fransuz naşrlari Pavarning xato qilganini yozişdi. Bu yoşda mamlakatni tark etişdan köra, Fransiyadan osonroq variant topiş foydaliroq tuyulgandi. Ammo aksinça, aynan “Ştutgart”da, yangi madaniyat, yangiça futbolga moslaşiş jarayoni Pavarni yanada kuçli qildi. Germaniyadagi muxlislarning futbolga munosabatini ham esdan çiqarmaslik kerak: “Men Germaniyaning maşhur klubida töliq stadion qarşisida har öyinda maydonga tuşyapman, bu yomon emas, töğrimi?” - deb baho bergandi Benjamen Pavar.
U 2016 yilning oktabrida “Groyter”ga qarşi bahsda ilk öyinini ötkazdi. Bundesligaga örganib qolgan “Ştutgart” uçun qöyi divizion biroz noqulay edi, ammo Pavar bunga e'tibor ham bermadi. Öşa öyinda jamoa 4:0 hisobida ğalaba qozondi, Pavar bir gol urib, yana Karluş Manening goliga assistentlik qildi.
Ayniqsa, goldan köra, pas hammaning e'tiborini qozongandi: himoyaçi töpni juda çiroyli tarzda öz qanotidan qarama-qarşi tomonga, şerigining yöliga çiqarib bergan, Maneda faqat töğri zarba beriş qolgandi xolos. Muxlislar aynan texnikasi tufayli Pavarni yoqtirib qolişdi. Bir yil ötib, Deşam uni terma jamoaga çaqirganda balki fransuzlar hayron qolişgandir, ammo Ştutgartda bu oddiy qaror sifatida qabul qilindi. Boşqaça bölişi mumkin emasdek.
Foto: Getty Images
Pavarning yana bir xususiyati – universallik. “Ştutgart” Bundesligaga qaytgaç , u juda köp pozitsiyalarda özini sinab kördi. Himoyada ham, yarim himoyada ham öynadi. 2018 yilning yanvaridan boşlab esa, yangi murabbiy Tayfun Korkut uni faqat himoya markazida öynata boşladi.
“Ştutgart” 7-örinni oldi, Pavar 34 öyinning barçasida asosiy tarkibda töliq harakat qildi. Aynan şu mavsum oxirlarida u haqida köproq gapira boşladilar, Rossiyaga boradigan tarkibda ikki xil pozitsiyada öynaşi bilan Tyuramni eslatib yuboradigan himoyaçi Deşamga kerak edi. Öşa 1998 yilgi çempion terma jamoada Deşam bilan öynagan Lilian Tyuram öng qanotda öynar, ammo klubda, “Parma”da markaziy himoyaçi hisoblanardi.
Endi Pavarning Fransiya libosidagi mağlubiyatsiz seriyasi 31 öyinga yetdi. Endi u öz vaqtida Mobyojni tark etib, Lillga borib qolganidan ham, u yerdan deyarli “haydalib”, Germaniyaga ketganidan ham afsus qilmaydi. Endi u bemalol Lilian Tyuram erişgan muvaffaqiyatlarni zabt etmoqçi ekanini aytişi ham mumkin, heç kim kulmaydi.
Foto: AFP
Yoş döstimiz terma jamoadagi şeriklari va murabbiydan maqtovlarni eşitib, oilasi davrasida ta'tilini ötkazayotgan mana şu pallada esa, uyoqda futbolçini qölga kiritiş uçun haqiqiy kuraş boşlangan.
Taxminlar töğri çiqdi, u terma jamoada va klubda özini körsatişi hamono “Bavariya” qiziqişni boşladi. “Ştutgart” sport direktori Mixayel Reşke esa, myunxenlik nahanglar haqidagi xabarlarni keskin qabul qildi va 30 million yevro atrofidagi takliflar uçun hatto telefon trubkasini kötarmasligini aytdi.
Ammo hammasi “Ştutgart”ning nazoratida emas – şartnomaga köra, 2019 yil kirişi bilan Germaniya çempioni futbolçining 35 millionlik tovon pulini tölab, uni qölga kiritişi mumkin. Demak, agar “Bavariya”ning yangi murabbiyi Niko Kovaç Pavarni öz jamoasida körişni istasa, Bundesliganing asosiy monopolçilari öşa summaga ozgina qöşib, yozdayoq maqsadlariga yetişlari mumkin. Bunday işlar “Bavariya” uçun heç qaçon muammo bölmagan.
Transfer har qanday holatda ham tomonlarni xursand qiladi. Pavarni beş millionga sotib olgan “Ştutgart” mömaygina daromad olsa, “Bavariya” yaxşi himoyaçiga ega böladi, futbolçining özi esa, yoşlikdagi orzusiga erişgan böladi:
“Men bolaligimdan Çempionlar ligasida öynaşni orzu qilardim. Albatta, “Ştutgart”dan barçasi uçun minnatdorman”
Foto: Getty Images
Uyoğini Pavar hali aytgani yöq. Hozirça futbolçi hayotidagi eng muhim turnir ham yakuniga yetdi, u yulduzli şeriklari qatori ikki haftalik ta'tilga çiqdi. Zamonaviy futbolning eng glamur jamoadoşlari orasida Pavar hali ham kamtarligiça qolmoqda.
U qayerda öynamasin, öz işini qilaveradi. Klublar qölda pul bilan uni öz tomoniga oğdiriş harakatida, ota-ona öğlining qayerda bölsa ham, muvaffaqiyat qozonişidan umidvor...
Faqat janob Dide Deşamga mazza, yaqindagina yana jahon çempioniga aylangan murabbiy aniq biladiki, jamoasida yana ajoyib gollar ura oladigan universal himoyaçi bor.
johndonne.ru materiali asosida Q.Aslanov tayyorladi.