Özbekiston ilm-fani oğir judolikka uçradi. Maşinasozlik sohasidagi taniqli olim, Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Rufat Ğulomoviç Mahkamov 2018 yil 26 iyulda 88 yoşida vafot etdi. Prezident va hukumat a'zolarining ta'ziyasi matni ÖzA’da e'lon qilingan.
R. Mahkamov 1954 yili N. Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatib, 1957-1960 yillarda mazkur bilim yurti aspiranturasida tahsil oldi. 1961 yilda nomzodlik, 1978 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi köp yillik xizmatlari uçun 2000 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi etib saylandi.
R. Mahkamov öz mehnat faoliyatini 1954 yili sobiq ittifoq Maşina quriliş texnologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida kiçik ilmiy xodim sifatida boşladi. Iste'dodli olim qariyb 64 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Prezidiumi Texnika fanlari bölimi ilmiy kotibi, Geologiya instituti katta ilmiy xodimi, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti dotsenti, kafedra mudiri, professori kabi lavozimlarda xalqimiz va Vatanimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimizda ilm-fan va ta'lim sohalarini rivojlantiriş, maşinasozlik sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşga munosib hissa qöşdi.
Zahmatkaş olimning ilmiy işlanma va tadqiqotlari respublikamiz maşinasozligi sohasida keng qöllanib kelinmoqda va iqtisodiyotimiz tarmoqlari rivojida muhim ahamiyatga ega.
R.Mahkamovning texnika sohasining nazariy va amaliy masalalariga bağişlangan 200 dan ziyod ilmiy maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislariga yaxşi ma'lum.
Jonkuyar ustoz sifatida köplab yoşlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida bir qator fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.
Akademik R. Mahkamovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantiriş borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi” unvoni bilan mukofotlangan edi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Rufat Mahkamovning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş. Mirziyoyev, N. Yuldoşev, N. Ismoilov,
A. Aripov, B. Yöldoşev












