Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan tayyorlangan “Şaharsozlik kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalar fraksiyalari va Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi iştirokida muhokama taşkil etdi.
Mazkur qonun loyihasi şaharsozlik faoliyati sohasidagi yeçimlarning muhokamasi va qabul qilinişida jamoatçilikning iştiroki qonun darajasida ta'minlanişiga qaratilgan.
Amaldagi Şaharsozlik kodeksining 10-moddasida fuqarolarning şaharsozlik faoliyatiga oid hujjatlarning tayyorlanişida iştirok etiş huquqi aks ettirilgan. Ammo Şaharsozlik kodeksi va boşqa qonunçilik hujjatlarida fuqarolarning şaharsozlik faoliyatida iştirok etişi borasida aniq mexanizm mavjud emas. Şu bois ham fuqarolar bu boradagi fikrlarini umumiy tartibda fuqarolar va yuridik şaxslar murojaatlari töğrisidagi qonunçilik doirasida ariza va şikoyatlar tarzida ifodalaş, şuningdek, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali öz fikr-mulohazalarini bildiriş bilan çeklanib qolmoqda.
Mamlakatda davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini taşkil etiş hamda amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Biroq, şaharsozlik faoliyati öta murakkab jarayon hisoblanib, unda jamoatçilik nazorati mexanizmining tölaqonli örnatilişi uçun qonunçilikka tegişli özgartişlar kiritilişini taqozo qiladi.
Deputatlar muhokama qilinayotgan qonun loyihasining dolzarbligini ta'kidlab, uning şaharsozlik faoliyati oçiqligini ta'minlaşga xizmat qilişini qayd etdilar. Taqdim etilgan qonun loyihasida jamoatçilik muhokamasini taşkil etişning tartibi, mazkur sohadagi jamoatçilik ekspertizasi institutining tartibga solinişi va jamoatçilik ekspertizasi natijalarining qayd etilişi, muqobil loyiha instituti kiritilişi, şaharsozlik faoliyati böyiça rasmiy axborot berilişi tartibi hamda şaharsozlik, loyihalaş hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qarorlarni qabul qiliş tartibini aniqlaş masalalari öz aksini topgan.
Bahs-munozaralar davomida siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari hamda deputatlik guruhi vakillari muhokama etilgan qonun loyihasi böyiça öz nuqtai nazarini bildirişdi.












