Yohannesburgda BRIKS a'zo davlatlari rahbarlarining 10-sammiti bölib ötdi. Sammit yakuni böyiça deklaratsiya qabul qilindi va unda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli töqnaşuvlarni töxtatiş böyiça kelişuvlar aks ettirilgan. 

Şuningdek, sammit iştirokçilari dunyoda şaffof va köp tomonlama manfaatli savdo munosabatlarini rivojlantirişga hayrihox ekanligini bildirgan. 

«Biz Jahon savdo taşkiloti tuzilmasi doirasidagi şaffof va köp tomonlama manfaatli savdo munosabatlarini qöllab-quvvatlaymiz», deyiladi hujjatda. 

Bundan taşqari, deklaratsiyada a'zo davlatlar Energetika vazirlari BRIKS energetika tadqiqotlari platformasini yaratiş böyiça kelişuvga erişgani yozib qöyilgan.

Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR rahbarlaridan taşqari, 3 kunlik tadbirga maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan ham bu galgi sammit işida qatnaşdi.