Özbekiston Respublikasining MJtK 215-5-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik yuzasidan Davlat xizmatlarini körsatuvçi vakolatli davlat organlari mas'ul xodimlariga nisbatan davlat xizmati körsatiş muddatini buzganlik uçun dastlabki  ma'muriy javobgarlikka tortiş çorasi körildi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2018 yil 23 iyul kuni imzolangan “Ba'zi davlat organlari va taşkilotlarning faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga binoan davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş ma'muriy sudlardan Agentlik va uning hududiy boşqarmalariga ötkazilgan edi.

Davlat xizmatlari agentligi (DXA) Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan “GRAND AMIR BARAKA”, “DAVR STANDART”, “GIJDUVON TANSIQ TAOMLARI”, “TABARRUK SAVDO”, “ARZANDA”, “DINNER FAMILY COMPANY”, “ALL BOSS SERVICE”, “STRONG BEER”, “INTERFOOFSERVICE”, “MOMENTO TASHKENT”, “OSIYO ELIT SERVIS”, “DILNOZA SAVDO”, “AMAZON TOUR”, “MUJIZA PATIR TAOMLARI”, “SAMARQAND ASL KISHONASI”, “SUNSHINE TURON INTERNATIONAL LTD”, “DILOROM A.O.O”, “SHARQ GUZAR SERVIS”, “MANGOLIA TRADE”, “SAVDOGAR INVEST” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari hamda “REAL FOOD LINE”. “ART FOOD MASTER”, “OSIYO DAVRON”, “ORIENTAL FOOD LINE” xususiy korxonalarining umumiy ovqatlaniş obektlariga alkogolli mahsulotlarni sotiş huquqi uçun ruxsat guvohnomasi oliş uçun qilgan murojaatlarini körib çiqiş muddatini buzib, qonun buzilişi holatlariga yöl qöyganliklari uçun Toşkent şahri Şayxontohur tuman hokimligining mansabdor şaxslari ma'muriy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan eng kam oylik iş haqining beş baravari, ya'ni 921 500 söm miqdorida jarima solindi.