Fransiyaning Femto-ST instituti muhandislari balandligi 15 mikrometrli dunyodagi eng mitti uyni qurişdi, deb yozadi Popular Mechanics jurnali.

Qayd etilişiça, uy inson soç tolasidan ham ingiçka bölgan optik tola ustiga joylaşgan.

Uyni yasaş uçun muhandislar u Robotex tizimidan foydalanişgan. Bu tizim öta mayda buyumlar yasay oladigan mikroskopik robotlardan taşkil topgan. Robotlar kompyuterlar yordamida boşqariladi, uy vakuum kamera içida yasalgan, uni tayyorlaş jarayoni esa mikroskop orqali kuzatib turilgan.

Olimlarning aytişlariça, bu texnologiyadan tibbiyotda foydalaniş mumkin. Mikrotuzilmalar inson qon tomiri içiga kirib virus yoki bakteriyalarni kuzatiş imkonini beradi.