Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ yetakçisi Donald Trampni Moskvaga taklif qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Rossiya rahbari Trampning kelgusida uçraşuvlar ötkaziş istagi borligini ma'lum qildi. «Men ham tayyorman», - dedi u JARdagi BRIKS sammiti yakunlari böyiça matbuot anjumanida.
Putinning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar bilan aloqalar davom etmoqda va xalqaro darajadagi yangi uçraşuvlar yaqin orada yuz beradi. «Prezident Trampdagi katta plyus şundaki, u öz va'dalarini amalga oşirişga harakat qiladi, birinçi navbatda, saylovçilarga - Amerika xalqiga berilgan va'dalarni», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Putin Tramp bilan uçraşuvlar haqida gapirib, ularni foydali deb atagan. «Uçraşuvlarimizga kelsak, ular foydali, deb öylayman», - deya aniqlik kiritdi u.
16 iyul kuni Xelsinkida AQŞ va Rossiya prezidentlarining birinçi töliq şakldagi uçraşuvi bölib ötdi. Ular yopiq rejimda ikki soatdan ziyod suhbatlaşdi. Ikkala rahbar ham muzokaralarni ijobiy baholadi.












