2018 yilning 26 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Slovakiya Respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Yan Bori bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş nuqtayi nazaridan Özbekiston - Slovakiya kun tartibining asosiy masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda turli darajalardagi hamkorlikni, jumladan ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari va parlamentlari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, Iqtisodiy hamkorlik böyiça idoralararo komissiyaning birinçi majlisini ötkaziş böyiça takliflar körib çiqildi.
Özbekiston va Slovakiya örtasidagi özaro savdo hajmi mavjud salohiyatlarga mos kelmasligi ta'kidlandi hamda uni kengaytirişdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.
Şuningdek, 27-28 fevral kunlari Budapeşt şahrida bölib ötgan «Vişegrad guruhi + Markaziy Osiyo» vazirlar uçraşuvi natijalari hamda keyingi forumni ötkaziş sanasi va joyi yuzasidan fikr almaşildi.











