Odam savdosi eng oğir va insonni tahqirlovçi, mamlakat nufuzini tuşiruvçi jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. Xavflilik darajasi böyiça uşbu jinoyat turi narkotik va noqonuniy qurol savdosidan keyin dunyoda 3-örinda turadi. Xalqaro press klubning bugungi sessiyasida Özbekistonda odam savdosidan himoyalaniş maqsadida işlab çiqilgan mexanizmlar va çora-tadbirlar töğrisida ekspertlar tomonidan atrofliça ma'lumot berildi.
Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi bölim boşliği Murat Raimov bu haqida bir neçta faktlarni taqdim etdi:
“Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bir yilda taxminan 4.5 mln. fuqaro odam savdosidan jabrlanadi. Ularning 80%i yoşlar, ayollar va bolalardir. Respublikamizda 2018 yilning dastlabki olti oyida 60 dan ortiq şunday turdagi jinoyatlar sodir etilgan va ulardan 161 nafar hamyurtlarimiz aziyat çekişdi. Bu borada huquq tartibot organlari samarali işlar olib borişyapti. Xususan, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi ham aholi orasida tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. Şu bilan birga yildan-yilga fuqarolarimizning huquqiy savodxonligi oşib borayotganligini körişimiz mumkin. Şularning natijasida Özbekistonda odam savdosi ötgan yilgiga nisbatan 55%ga kamaydi”.
Körib turganingizdek, jabrlanganlarning köpçiliq qismi xotin-qizlar hissasiga töğri kelmoqda. Respublika xotin-qizlar qömitasi vakili tomonidan berilgan faktlariga köra, 263 ming nafar xotin-qizlar çet elga çiqib ketişdi. Birgina Samarqand viloyatida uşbu körsatkiç 137 ming nafarni taşkil etişi xotin-qizlar bilan işlaşda samarali işlar qilinişi lozimligini anglatadi.












