Avval xabar berib ötganimizdek, Namangan şahrida qöl jangi böyiça çempionlar ligasi xalqaro turniri taşkil etildi. Unda jahon çempionlari, şuningdek, öz qit'asi va davlatida tengsiz deb topilgan sportçilar kuç sinaşdi.

«Navbahor» markaziy öyingohi mezbonlik qilgan turnirni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov kiriş sözi bilan oçib berdi. Şundan söng musobaqaning rasmiy mehmonlari –Xalqaro qöl jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov hamda maşhur promouter Vladimir Xryunov sözga çiqib, iştirokçilarga omad tiladi.

Jamoaviy tarzda ötkazilgan musobaqada özbekistonlik jangçilar Rossiya, Belarus, Qozoğiston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportçilarga qarşi ringga kötarilişdi. Beş vazn toifasida bölib ötgan janglarning barçasida özbekistonlik sportçilarning qöli baland keldi.

Kun.uz muxbiri turnirni kuzatib, undagi eng hayajonli daqiqalarni kamera obektiviga muhrlaşga urindi.