AQŞ öz oldiga Eronda hukumatni almaştiriş maqsadini qöymagan. Bu haqda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

"Bunday maqsad yöq, -dedi u jurnalistlarning bu haqdagi savoliga. – Bizga ularning harbiy salohiyati, maxfiy xizmatlari, şunga öxşaş muassasalari va şaxslaridan kelib çiqqan holdagi tahdidlariga oid xatti-harakatlarini özgartirişlari zarur".

8 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonning Eron bilan yadroviy kelişuvdan çiqişini e'lon qildi.

Tramp Eronga nisbatan nafaqat avvalgi sanksiyalarni qaytariş, balki yangi çeklov çoralarini kiritişga va'da berdi. 21 may kuni AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Vaşington Tehronga mislsiz bosim ötkazişini, xususan agar Eron öz siyosiy yönalişini özgartirmaydigan bölsa tarixdagi eng qat'iy sanksiyalar rejimini joriy etişini bildirdi.