Özbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Toşkent şahri Mirobod tumanidagi harbiy qismga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat rahbariga harbiy qismda amalga oşirilgan ta'mirlaş işlari, mudofaa tizimidagi aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, jangovar va öquv-tayyorgarlik jarayonini avtomatlaştirişga doir loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Mudofaa tizimida eng asosiysi - aloqa. Bu tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlaş, aloqa xavfsizligini çuqur biladigan mutaxassislar tayyorlaş böyiça yangi strategiya işlab çiqiş kerak, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Askarlar orasidan texnik-muhandislik qobiliyatga ega yoşlarni saralab oliş, aloqaçi mutaxassislar tayyorlaşga ixtisoslaşgan öquv yurtlaridagi ta'lim va amaliyot dasturini takomillaştiriş, harbiylarni zamonaviy raqamli texnologiyalar böyiça öqitiş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Davlat rahbari mudofaa vazirligi qöşinlarida mavjud aloqa texnikalari namunalari bilan ham tanişdi. Harbiy qismda askarlarning xizmatni ötaşi va yaşaşi uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.




















