«Yergeodezkadastr» qömitasi va TomTom kompaniyasi (Niderlandiya) vakillari örtasida muzokaralar bölib ötdi.

Tomonlar Özbekistonning sayyohlik salohiyatini oşiriş maqsadida mahalliy navigatsion xarita yaratiş böyiça hamkorlik örnatiş masalalarini muhokama qildilar. Smartfon, avtoulov navigatorlari, şaxsiy navigatorlar va veb-ilovalar uçun marşrutni rejalaştiruvçi navigatsiya xaritalarini yaratiş böyiça hamkorlik memorandumini imzolaş, şuningdek, qömita xodimlarining salohiyatini oşirişga kelişib olindi.

Navigatsiya xaritasi sayohatçilarga yöl va sayyohlik belgilarini topişda, diqqatga sazovor bölgan joylar, mehmonxona va restoranlarga boriş yönalişini aniqlaşda, şuningdek, sayyohlik yönalişlarini rejalaştirişda amaliy yordam berişi közda tutilmoqda. 

TomTom kompaniyasi yetakçi xalqaro brend bölib, kompaniya mahsulotlari kuniga 800 milliondan ortiq xaridor taşrif buyuradigan dunyoning turli bozorlarida sotiladi. Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri bölgan Apple şirkati TomTom xaritalarini özining barça mobil qurilmalariga örnatilgan navigatsiya dasturida qöllaş uçun tanlab oldi.