Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 376-moddasiga asosan yuridik şaxslar tomçilatib suğorişdan foydalanilayotgan yer uçastkalarida tomçilatib suğoriş tizimi joriy qilingan oydan boşlab beş yil muddatga yagona yer soliğini tölaşdan ozod qilingan.
Undan taşqari, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi qarori bilan tomçilatib suğoriş tizimini va suvni tejaydigan boşqa suğoriş texnologiyalarini joriy etgan qişloq xöjaligi tovar işlab çiqaruvçilariga tejalgan suv resurslaridan boşoqli don ekinlaridan böşagan maydonlarda qişloq xöjaligi ekinlari östiriş uçun foydalaniş huquqi berilgan.
Oliy Majlis Quyi Palatasi axborot xizmatining ma'lumotiga köra, davlat dasturi doirasida amalga oşiriladigan tomçilatib suğoriş tizimi va suvni tejaydigan boşqa suğoriş texnologiyalari uçun butlovçi buyumlar işlab çiqaruvçi ixtisoslaştirilgan taşkilotlarga deklaratsiya qilingan narxlar böyiça polietilen granula xarid qiliş uçun har yillik kvotalar ajratilişi belgilangan.












