Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev Eksimbank milliy agentligini tuziş konsepsiyasi ustida iş olib borilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yilning 25 iyul kuni Taşqi savdo vazirligida Jamşid Xöjayev va Stefk Slavov boşçiligidagi Jahon banki delegatsiyasining uçraşuvi bölib ötdi. 

Ma'lum qilinişiça, vazir uçraşuv çoğida Özbekistonda Eksimbank milliy agentligini tuziş ustida iş olib borilayotgani haqida gapirib ötgan. 

«Eksportga yönaltirilgan kredit mablağlarni suğurtalaş böyiça Agentlik hamda Eksimbank milliy agentligini tuziş böyiça konsepsiya işlab çiqilmoqda», deydi u. 

Şu örinda Jahon banki mutaxassisi Tomas Vis ham «eksport amaliyotini suğurtalaş» rivojlangan davlatlar tajribasida keng uçraşini qayd etgan. ​