26 iyul kuni ÖzDJTUda AQŞning Vebster universitetining TESL – ingliz tilini ikkinçi til sifatida öqitiş ixtisosligi böyiça bir yillik magistratura dasturini oçiş haqidagi kelişuv imzolandi.

Ma’lum qilinişiça, bu Amerika oliy ta’lim muassasasining Markaziy Osiyodagi birinçi magistrlik ta’lim loyihasi böladi. Kelajakda boşqa mutaxassisliklar böyiça ham hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
«Özbekistonda xorijiy tillar» internet portali tarqatgan xabarga köra, joriy yilda bu dasturda iştirok etiş uçun nafaqat Özbekiston, balki, Markaziy Osiyoning barça davlatlaridan mutaxassisligidan qat’i nazar bakalavr darajasiga ega, ingliz tilidagi bilim darajasi IELTS – 6 dan kam bölmagan yoki şunga tenglaştirilgan til bilimini baholaş böyiça boşqa xalqaro sertifikatlarga ega yoşlar xujjat topşirişlari mumkin.

Özbekiston hukumatining sa’y-harakatlari bilan yoşlarning xalqaro darajada oliy ta’lim olişlari uçun tölov-kontrakt puli miqdori AQŞdagi kabi 27 ming AQŞ dollari emas, balki mamlakatimizdagi xalqaro OTMlar magistrlik darajasi uçun tölanayotgan qiymatga yaqin bölişi möljallangan.
ÖzDJTUda Vebster universiteti magistraturasida amerikalik mutaxassislar bilan bir qatorda maxsus tanlovdan ötgan mahalliy öqituvçilar ham dars berişadi.
Ta’kidlanişiça, uşbu magistratura diplomi bilan bitiruvçilar nafaqat Özbekiston, balki butun dunyo oliy ta’lim muassasalarida dars beriş imkoniyatiga ega böladilar.
Vebster universitetining ÖzDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yilning avgust oyidan boşlanadi va buning uçun bakalavr darajasiga ega bitiruvçilar quyidagi xujjatlarni topşirişlari lozim: bakalavrlik diplomi, diplom ilovasining notarial tasdiqlangan tarjimasi, IELTS – 6 dan kam bölmagan yoki şunga tenglaştirilgan til bilimini baholaş böyiça boşqa xalqaro sertifikat va CV. Tanlov AQŞning Vebster universitetida öqişga talabgorlarning xujjatlari asosida amalga oşiriladi.











