Farğona viloyatining Quvasoy tumanida şu yil 25 iyul kuni noma'lum şaxs “Isfayramsoy” MFY Ibrat köçasiga örnatilgan “Farğona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasiga tegişli umumiy qiymati 18 mln sömdan ziyod narxdagi “KTPM” rusumli transformatorini öğirlab ketgan.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Farğona şahrida yaşovçilar S.Yu. va J.A. sodir etganliklari aniqlanib, uşlangan.