Çendu şahrida paydo bölgan Smart LYZ deb nomlanuvçi robotlaşgan mehmonxonada birorta ham xodim yöq, deb yozadi Economical Times.
Mehmonxonaga kirişda mehmonlarni yuzni taniş tizimidan foydalanuvçi robot kutib oladi. U mehmonni röyxatga oladi va xonasiga kuzatib qöyadi.
Taom yoki taksiga buyurtma beriş, kir yuviş xizmatlari ham maxsus ilovaga biriktirilgan robotlar tomonidan bajariladi. Kutilmagan holatlar va mehmonlar salomatligi bilan noxuş voqea yuz berganida odamlar bilan aloqa tizimi işga tuşadi.
Xonalar eşiklari avtomatlaşgan bölib, faqatgina mijoz uçun oçiladi.


2018 yil oxirigaça yana 50ta ana şunday mehmonxona quriş rejalaştirilmoqda.
Robotlar xizmat qiluvçi mehmonxona bundan ikki yil avval Yaponiyada paydo bölgandi, ammo mehmonxonada robotlardan taşqari yana 10 nafar kişi işlaydi.















