Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyani parchalab tashlash». Yevroparlament deputati Latviyadan chiqqan taklifga izoh berdi
Yevroparlamentning Latviyadan deputati Miroslav Mitrofanov Latviya seymi deputati Aleksandr Kirshteynsning Rossiyani bir necha qismlarga etnik prinsip bo‘yicha «parchalab tashlash» haqidagi so‘zlariga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RT xabar qilmoqda.
Mitrofanovning so‘zlariga ko‘ra, Kirshteyns Latviya parlamentidagi eng radikal millatchilardan biri, ammo «uning tilida bor bo‘lgan narsa, boshqalarning xayolidadir». Uning fikricha, Latviyada, SSSR parchalanib ketganidan so‘ng, ko‘plar Rossiya ham bir nechta qismga ajralib ketadi, deb ishongan.
«U nafaqat Latviya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari, balki 1991 yil sindromi tinchlik bermayotgan Yevropaning turli mamlakatlaridagi juda ko‘p siyosatchilarning yashirin istaklarini oshkora ifoda etdi», - deydi Mitrofanov.
Mitrofanovning fikricha, Kirshteynsni «urush va tinchlik masalasi» emas, balki iqtisodiy raqiblarni - Rossiya va Belarusni yo‘qotish qiziqtiradi. Sharqiy Yevropadagi ko‘pchilik, deydi u, Rossiya bilan «Ukrainada kuzatilgan ishlarni qilish istagida».
«Kirshteynsga o‘xshash kabi odamlar dunyoni yangi taqsimlashdan umid qilishadi, bunday holatda Rossiyaning parchalanishi boylikni qayta taqsimlashga olib keladi», - deya ma'lum qildi Mitrofanov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviyada Rossiyani bir necha qismga «parchalab tashlash» taklif qilingandi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026