Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ba'zi ko‘chalarda transport harakati 15 avgustgacha cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyuldagi “Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini borishi to‘g‘risida”gi sayyor yig‘ilishi bayoni bilan xorijiy tashabbuskor (Rossiya Federatsiyasi) “KB Strelka” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Toshkent seni sevadi” kompleks dasturi va “Dizayn kod” loyihasi asosida poytaxt yo‘llarida rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari boshlanadi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasining Osiyo ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Toshkent kichik avtomobil halqa yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) qismigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining birinchi bosqichini olib borilishi munosabati bilan, qolaversa fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2018 yil 15 avgust kuniga qadar ushbu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so‘raymiz!” - deyiladi shahar hokimligi saytida.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026