BRIKS «otasi» Jim Önil taşkilot kelajagi haqida ijobiy başoratlarini bildirdi. Uning ta'kidlaşiça, bundan keyin ham BRIKS samaradorligi ortib boradi.
Sinxua muxbiri bilan suhbatlaşgan ÖNil birinçilardan bölib, 2001 yilda uşbu taşkilotni tuziş konsepsiyasini taqdim etgandi. Uning aytişiça, BRIKS a'zo davlatlari YaIM keyingi 10 yil davomida faqat ösib boradi. Şu munosabat bilan global boşqaruv institutlari BRIKSga köproq huquq berişi mumkin.
Jim 2009 yil Rossiyada taşkil etilgan BRIKSning birinçi sammitidan söng, unga a'zo davlatlar iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada kuçaytirganini aytib ötdi.
Eslatib ötamiz, Yohannesburgda BRIKS a'zo davlatlari rahbarlarining 10-sammiti bölib ötgani haqida xabar berilgandi. Sammit yakuni böyiça deklaratsiya qabul qilindi va unda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan qurolli töqnaşuvlarni töxtatiş böyiça kelişuvlar aks ettirilgan.
Unda iştirok etgan XXR raisi Si Tszinpinning aytişiça, Xitoy qay darajada kuçayişidan qat'i nazar boşqa rivojlanayotgan davlatlarni qöllab-quvvatlaşda davom etadi.












