BRICS a’zolari AQŞ uşbu davlatlarning barça mahsulotlarga boj joriy etiş tahdididan söng birlaşmadan çiqa boşladi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
«Men BRICS taşkilotiga qöşilmoqçi bölganlarning barçasiga bu yaxşi ekanini aytdim, ammo biz mamlakatingizga bojlar joriy qilmoqçimiz, dedim. Şunda hamma çiqib keta boşladi. Ularning barçasi BRICS taşkilotini tark etmoqda. BRICS dollarga hujum edi. Şunda men: «Bu öyinni öynaşni xohlaysizmi? Men barça mahsulotlaringizga boj joriy qilaman», dedim. Ular, aytganimdek, «BRICS taşkilotidan çiqamiz», dedi. BRICS esa, aftidan, bu haqda boşqa gapirmayapti ham», dedi Tramp Oq uyda Argentina prezidenti Xaviyer Miley bilan uçraşuvda.
Iyul oyi boşida Tramp BRICS taşkilotining «Amerikaga qarşi siyosatini» qöllab-quvvatlovçi har qanday davlatga nisbatan 10 foiz miqdorida qöşimça savdo bojlari joriy etilişini aytgan edi.
BRICS dastlab beşta davlat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika birlaşmasi edi. 2024 yildan boşlab birlaşmaga ta’sisçi davlatlardan taşqari Misr, BAA, Efiopiya, Eron, 2025 yil yanvaridan esa Indoneziya ham qöşildi. Belarus, Boliviya, Kuba, Qozoğiston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, Özbekiston va Vetnam taşkilot bilan şeriklik maqomida hamkorlik qilmoqda.
BRICS yoki unga a’zo davlatlar taşkilotni tark etayotgani haqida rasman e’lon qilmadi.

















