Endi yagona BRICS valutasini joriy etişga şoşilişning hojati yöq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

«Bizda hozir BRICS doirasida yagona valuta yaratiş maqsadi yöq. Bu şoşilinç jarayon emas», dedi Vladimir Putin India Today telekanaliga bergan intervyusida.

Vladimir Putin, şuningdek, yagona valuta - yevro tizimi joriy etilgan Yevropani misol qilib keltirdi. Ba’zi davlatlar bunga tayyor emas edi va ularda ijtimoiy sohaga oid ayrim masalalarni tartibga solişda muammolar yuzaga keldi, dedi prezident. Uning qayd etişiça, BRICS hisob-kitoblar uçun milliy valutalardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişi zarur.

Şu yil yanvar oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp BRICS davlatlariga yangi valuta yaratiş va dollardan voz keçişga urinişlari uçun 100 foizlik boj bilan tahdid qilgan edi. Trampning aytişiça, Amerika «duşman davlatlardan» yangi valuta yaratmaslik yoki «qudratli AQŞ dollari» örnini bosuvçi boşqa valutani qöllab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qiladi.

BRICS dastlab beşta davlat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika birlaşmasi edi. 2024 yildan boşlab birlaşmaga ta’sisçi davlatlardan taşqari Misr, BAA, Efiopiya, Eron, 2025 yil yanvaridan esa Indoneziya ham qöşildi. Belarus, Boliviya, Kuba, Qozoğiston, Malayziya, Nigeriya, Tailand, Uganda, Özbekiston va Vetnam taşkilot bilan şeriklik maqomida hamkorlik qilmoqda.