YeXHT bosh kotibi Tomas Greminger Tojikistonda chet ellik sayyohlarga amalga oshirilgan hujum haqida gapirdi. U bu haqda tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Gremingerning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Tojikiston tomonida bo‘lib, terrorizmga qarshi kurashishda davom etadi.
«Men Tojikistonda turistlarga uyushtirilgan terrorchilik hujumidan dahshatga tushdim», - deya ma'lum qildi Greminger.
Avvalroq, Tojikistonda xorijlik sayyohlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgani xabar berilgandi.

















