Joriy yilning 27 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligida ekspert-tahlil kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi. Unda ta'limning ahamiyatini oşirişdagi asosiy maqsadlar va kengaşning maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Xalq ta'limi vaziri Ş.Şermatov bilan bölgan uçraşuvda kengaş vakillari X.Sulaymonova (Davinci), V.Kan (MYWAY), M.Qosimov (Ambit), X.Mamasaidov (Dekos.uz), V.Kim (Study Smart Project), A.Yusufov (lebazar.uz), L.Pölatov (Premium Parts)lar iştirok etişdi.

Vazirlik Matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, ekspert-tahlil kengaşi vazirlik bilan öquvçilar, ularning ota-onalari, davlat va xususiy maktablar ma'miriyati, öqituvçilari, şuningdek, boşqa ta'lim muassasalari örtasida özaro hamkorlikni ta'minlaş maqsadida taşkil etilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, Ekspert-tahlil kengaşi konsultativ-maslahat organi bölib, öz faoliyatini jamoatçilik asosida olib boradi, uning asosiy vazifalaridan biri Xalq ta'limi vazirligi faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişdir.

DaVinci Management Consulting asosçisi va hamkor boşqaruvçisi Hilola​ Sulaymonova bir ovozdan Ekspert-tahlil kengaşi raisi etib saylandi. Sulaymonova, şuningdek, Zarplata.uz startapi asosçisi, muvaffaqiyatli biznes-trener, motivatsiyali ma'ruzaçi, inson kapitalini rivojlantiriş sohasi böyiça 12 yillik iş tajribasiga ega biznes konsultant hisoblanadi. Hilola mohir boşqaruvçilarni topiş, iqtidorlarni jalb qiliş va rivojlantiriş hamda HR (human resource management) boşqaruvi sohasida köp yillik tajribaga ega ekspertdir.

Hilola​ Sulaymonova

Uçraşuv yakunlariga köra maktablar holatini batafsil tahlil qiliş,zamonaviy öquv dasturlarini yaratiş böyiça strategiyalarni işlab çiqiş, maktab öquvçilarida ijodiy fikrlaşni rivojlantirişga qaratilgan qöşimça tögaraklar va sport seksiyalari yaratişni boşlaş böyiça qaror qabul qilindi. Tomonlar xalq ta'limi tizimini takomillaştiriş yölida yaqin hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirişdi.