Imperator pingvinlarning sayyoradagi eng katta kolonnasi oxirgi 30 yil içida 90 foizga qisqargan, deb bong urmoqda tadqiqotçi olimlar.
France 24 xabariga köra, tadqiqotçilar sönggi marta Fransiyaning Afrika va Antarktika örtasida joylaşgan «Çöçqa orollari»ga taşrif buyurganda, u yerda 2 milliondan ortiq imperator pingvinlar yaşardi.
Antarctic Science jurnalida çop etilgan maqolada ta'kidlanişiça, ayni paytda orolda yaşayotgan pingvinlar soni 200 mingdan ham kam.
Pingvinlar koloniyasi nega kamayib ketayotganiga aniq javob beriş qiyin.
«Bu umuman kutilmagan holat, çunki dunyodagi imperator pingvinlarning uçdan bir qismi şu koloniya tarkibida edi», deydi Biologik tadqiqotlar markazi ekologisti Anri Vaymerskiş.
Anri 1982 yili orolga birinçi taşrif buyurganda ahvol bunday emasligini tasdiqlaydi. Olimlarning fikriça, 1997 yilda yuz bergan El Ninone iqlim şaroiti oqibatida Hind okeani janubiy qismida kuçli issiq havo şaroiti kuzatilgandi, bu pingvinlarning köpayişiga salbiy ta'sir körsatgan bölişi mumkin.
Pingvinlarning boşqa orollarga migratsiya qilişi ham işonçli sabablardan biri bölolmaydi, negaki, u yaqin atrofda uça olmaydigan quşlar uçun yaşaş şaroitiga ega orolning özi yöq.
Anri hozirça ikki farazni yaxşilab tekşirişni rejalaştirmoqda: pingvinlar yuqumli kasalliklar tufayli yoki oroldagi ziçlik oqibatida kelib çiqqan kuraş sababli kamayib ketgan bölişi mumkin.












