Latviyalik dizayner Veniamin Geskin Twitter sahifasida e'lon qilgan suratlarda iPhone’ning yangi modeli tasvirlangan deb taxmin qilinmoqda.
Suratlarda 6,5 dyuym ekranli iPhone X Plus va 6,1 dyuym ekranli iPhone namoyiş etilgan. Dizayner taqdim etgan prototiplar ilgarigi kontseptlarga juda öxşab ketadi.
Suratlardan anglaş mumkinki, smartfonning Plus-talqinida qöş kamera böladi. Bundan taşqari, prototiplarda barmoq izlari skaneri yöq.
Veniamin Geskin IT-bozordagi xabarlar asosida çiqişi kutilayotgan gadjyetlar eskizlarini çizadi. Dizayner iPhone X’ning asliga juda yaqin prototipni çizgandi.
Apple özining yangi modelini sentabrda taqdim etişi kutilmoqda.













