Italiyaga kelayotgan muhojirlar köp holatlarda odam savdosi bilan şuğullanuvçilar qurboniga aylanmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Serjo Mattarella ma'lum qildi. U fuqarolarni bu muammodan «voz keçmaslikka» çaqirdi. Uning sözlari The Local tomonidan keltirilgan.

«Qullik - insoniyatning eng katta şarmandaligidir», - dedi u. Prezidentning ta'kidlaşiça, migratsiya - odam savdosining rivojlanişi uçun samarali zamin. 

«Uruş va qaşşoqlik bolalaridan odam savdosi bilan şuğullanuvçilar foydalanmoqda, ular kelajakdagi azob-uqubatlar yöliga yuborilmoqda: mehnatdan foydalaniş, noqonuniy qabul qilib oliş, içki organlar savdosi, jinoiy guruhlarga yollaş va jinsiy qullik», - deya ma'lum qildi Mattarella. 

Italiya Içki işlar vazirligining ma'lumotlariga köra, odam savdosi - qurol-yaroğ va giyohvand moddalar savdosidan keyin jinoiy taşkilotlarning asosiy daromadlaridan biri. Xalqaro mehnat taşkiloti butun dunyoda 40 milliondan ortiq qul borligini hisoblab çiqdi. Odam savdosi bilan şuğullanayotganlarning har törtinçi qurboni - yoş bola, deya yozadi gazeta.